UzReaL.TK
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 10:54 | 19.01.2020
REKLAMA

Zidan ,,Real"nikimi yoki ,,Real" Zidaniki...

Zidan futbolchi hamda shaxs sifatida yetarlicha tanilib bo‘lgan. Shaxsan tanimasam ham yaxshi inson deyishadi, yaxshi insonga o`xshaydi ham. Ammo unga bu yetmaydi, u murabbiylik cho‘qqisini ham zabt etishga istaydi, futbolni zabt etishni istaydi va zabt etdi ham. To‘g‘risi ham shu, qatorasiga uch marta YCHLni yutish va buni birinchi urinishda bajarish eng yuqori cho‘qqini zabt etish deyiladi. Endi barcha Chempionlar ligasida qatorasiga ,,ikki marta yutish” deb maqsad qilmaydi. Endi yoki,,Zidan natijasini takrorlash deyiladi”yoki,,Real Madrid natijasini takrorlash”teb ataladi. Shular endi yangi missiya hisoblanadi. Yana shuni takidlash joizki Zidan Chempionlar ligasida yurishini boshlaganidan beri hali turnirdan chiqib ketmadi, yutqazdi ammo hali turnirni tarketmadi.Zidan hali ham g`olib sanaladi. Zidan murabbiylik faoliyatini boshlagach, top murabbiylar yillab amalga oshira olmagan ishlarini 2 yarim yilda bajardi. Ko‘pchilik Joze Mouriniyoni,,Barselona" gegemonligiga chekqo‘ydi deb aytadi. Yo`q, Mouriniyo emas, Zidan baribir zo`r. Asl zarbani ,,Barsa"ga JozeMouriniyo emas Zidan bergan. Joze ,,Real"ni boshqarganida futdamentga birinchi g‘ishtini qo‘ygandi. El- klassikolarda,,Barsa"ni to‘xtatdi. Ammo Zidan 2 yilning birida YCHLni yuta boshlagan ,,Barsa"ni butkul to‘xtatib qo‘ydi. Futbol qiroli aslida Pele, Maradona, Ronaldu yoki Messi emas, qirol Zidandir. Tan olish kerak Zidan futbolchilik faoliyatini ham qoyillatgan, murabbiylikdagi yurishini ham qoillatyapti. Bugungi kunga kelib esa,,Real”niZidansiz tasavvur eta olmayapmiz.Zidaning ,,Reali"Klub Zidanning klubi, Zidanning,,Reali" juda murakkab klubga aylanadi. Ana quyosh chiqdi desangiz, bir pasda o‘sha quyoshni qora bulut qoplaydi. O‘yinning 5 daqiqasida bitta gol uradi, siz ana endi yirik hisob bo‘ladi deysiz, o‘yin so‘ngida,,Real" 1-2 hisobida yutqazib qo‘yadi. Tushunmaysiz, Zidanning ,,Real"ini.Zidan bu yil jamoaga qaytdi, yangidan ish boshladi, ammo hali ham muhlislar Zidandan nima kutishni bilmaydi. Bugun jahon futbolidagi murabbiylardan faqat Zidanningtarkibini oldindan aytish qiyin bo‘lyapti, asosiy tarkibni topa olmaysiz, istasangiz sinab ko‘ring, baribir topa olmaysiz. La-ligani juda yamon start bilanboshlagan Zidan boshchiligidagi jamoa bugun turnir jadvaliga qarasangiz hechnarsa yo‘qotmagan. Chempionlar ligasida sal qolsa klub guruhda qolib ketardi, bugun esa pley off hal qilib qo`ygan. Bu ,,Real" doim muxlislarni hayajonga qo`yib, o`zini qiynab harakat qiladi. Yaqin kunlarni esga olsak,,,Real" so‘ngi ikki baxsda o‘rtacha natija qayd etdi. ,,Real Sosedad"ga 0-1ga yutqazib turgan joyida 3-1 ga yutgan ,, Real", ,,PSJ"ni 2-0ga yengayotgan joyida qandaydir 4daqiqada 2 ta gol o‘tkazib yubordi. ,,Valensiya” bilan o`tgan uchrashuvda esa, ,,Real” birinchi bo`limda ,,Valensiya”ni xuddi mestaliyaga ,,ko`mib” qaytadigandek ko`rindi. Natijanibilsiz, baxtimizga Kurtua ,,kalla qo`ydi”.Amma muxlislar ushbu uch uchrashuvdan ham fojiya yasamadilar. Birinchi sabab, jamoa hech narsa yo‘qotmadi. Ikkinchi sabab Zidanning ,,Reali"uch uchrashuvda juda xotirjam harakat qildi, ya`ni bundan bir yil oldingi ,,Real"dek o‘ynadi.Zidan mukammal jamoa tuzishni istaydi. Gol o‘tkazmasdan yutish uni doim quvontirgan. Qiyin uchrashuvlardan keyin jamoa ruxiyati oshishini yaxshi biladi. Masalan 0-1 ga mag‘lub bo‘layotgan jamoa haqiqiy mehnat qildi va ,,Real Sosedad"ni 3-1 xisobida mag‘lub etdi. Keyin klub ,,PSJ" bilan juda yengil o‘ynadi, ya‘ni klub istasa ,,PSJ"ni bemalol yutgan bo‘lardi. Zidanning,,Reali" aynan qiyin uchrashuvlar bilan toblanadi, jamoada shunchalik kuchli futbolchilar yig‘ilganki, ularga mashg‘ulot emas, shunchaki motivatsiya kerak. Zidan buni ketma-ket uchmavsum bera oldi. Zidan o‘z,,Reali"ni bu mavsum yangi kurashlarga tayyorlayapti, ya`ni yana kalla qo‘yaman deyapti Zayniddin.
Zidan ,,Real”da 09/01/2016 dan ish boshladi va 15.08.2018da ishdan bo`shatildi. Ushbu qisqa vaqt ichida Zidan ,,Real” bilan 150 uchrashuv o`tkazib 104 uchrashuvda g`alabaga erishdi. 29 marotaba durrang va 17 marotaba jamoa mag`lub bo`lgan. To`plar nisbati 395-164. Yutgan sovrinlarini qanchalik salmoqli ekanligini hamma yaxshi bilsa kerak. Ilk ish uchun yaxshi natija, to`g`rimi? Bu yilgi statistikasi qanday bo`lishini kuzatamiz…,,Real”ning Zidani,,Real” Zidanni boshidan tarbiyaladi, bugungi kunlar uchun Zidanni ,,Real”, futbolchilik faoliyatidan boshlabyetishtirdi. Bugungi kunda va hech qachon klub Zidanning,,Reali” bo`lmaydi. Lekin,,Real”ning Zidani doim bo`ladi. Zidan ,,Real”ning Zidani. ,,Real” nima desangiz ham dunyoning eng buyuk klubi hisoblanadi, bu yerda o`ynash, ishlash, bu yer bilan aloqador bo`lish baxt. Klub mukammal tuzilgan va Zidanni ham mukammal bo`lishini istaydi. ,,Real” bugun 2030 yilning rejalarini tuzayapti, ya`ni klub oldindan hamma ishlarini reajalashtiradi.Demak, klub 10 yil oldin Zidanni o`zining rejalariga kiritgan. Klubning Zidan bilan bo`lgan rejalarida esa, ,,faqat yutish” degan bitim bor. O`tgan kun, bugun va ertaga doim yutish kerak, bugun el-klassiko bor va unda ham yutish kerak. ,,Real” Zidan bilan Chempionlar ligasidan chiqib ketmagan, endi ham chiqib ketmasligi kerak. Zidan shu omillar sabab jamoada bugun bor. ,,Real” chempionlar ligasini takroran 3 marta ketma-ket yutishi mumkin, lekin Zidan ,,Real”siz buni amalga oshira olmaydi. Shuning uchun ham Zidanning,,Reali” bo`lmaydi. Zidan bizning murabbiy. Haqiqiy sinov davri:Bugun El-klassiko, Zidanning bahosi chiqarib beruvchi uchrashuv. Qaytarib aytaman Zidan hech narsa yo`qotmadi. Bugun yutqazgan taqdirda ham hech narsa yo`qotmaydi. Zidan birinchi marta el-klassikoga Ronaldusiz tashrif buyuradi. Agar bir kun kelib Messisiz el-klassikoga tashrif buyurgan,,Barselona”dan 2 yil ichida g`alaba kutadigan ,,Barsa” muhlisi bo`lsa, u aqildan ozgan bo`ladi. Zidan uchun bu uchrashuvni emas, ushbu mavsumni sinov tariqasida berish kerak, shunda Zidan ketma-ket uch marta CHLda yutish shunchaki omad emasligini isbotlaydi.P/S: ,,Real” Zidannikimi yoki Zidan ,,Real”niki? Bunga ortiq siz qaror berasiz, aziz muxlislar.Maqola esa yaxshi chiqdimi yoki yo`q? –buni bilmayman.Lekin Zidan bugun aniq kalla qo`yadi, bunga ishonaman do`stlar.
Reyting: •
+-
Добавил: admin
Дата добавления: 28.12.2019 / 10:31
Fikrlar (2)
yangiliklar
UzMasterS.Ru';UzMOB.RuKeoTop.Ruweplog.ru