UzReaL.TK
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 09:11 | 29.02.2020
REKLAMA

Kurtua seyvlar statistikasini keskin yaxshilab oldi

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua mavsum o'rtasiga kelib qaytarilgan zarbalar statistikasini sezilarli yaxshilab oldi.

"AS" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, belgiyalik futbolchi dastlabki 8ta turdan so'ng o'z darvozasi tomon berilgan zarbalarning 38,7 foizini qaytargan edi.

«Malorka»ga qarshi o'yindan keyin posbonning natijalari yaxshilana boshladi. La liganing 20-turidan keyin Kurtua namoyish qilgan sevlar ko'rsatkichi 78,43 foizni tashkil qildi. Ba'zi oraliqlarda bu ko'rsatkich 85-90 foizga etgan paytlar ham bo'ldi.

La liganing 23-turidan keyin «Real» eng kam gol o'tkazgan jamoa bo'lib turibdi – 14ta.
Reyting: •
+-
Добавил: cris
Дата добавления: 12.02.2020 / 08:39
Fikrlar (0)
yangiliklar