UzReaL.TK
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 09:42 | 29.02.2020
REKLAMA

Kasilyas Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti bo‘lishi mumkin

«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi prezidentligiga bo‘ladigan saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ydi, deb xabar bermoqda Cadena Ser.

Manbaga ko‘ra, federatsiyaning amaldagi prezidenti Luis Rubiales Kasilyas unga asosiy raqobatchi bo‘lishidan xavotir ola boshlagan. Avvalroq, ularning munosabatlari yomonlashgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Qayd etilishicha, Ispaniya milliy jamoasining sobiq sardori oldingi jamoadoshlari bilan uchrashib ulardan saylovoldi tadbirlarda o‘zini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ragan.

Ma’lumot uchun, federatsiya prezidentligiga bo‘ladigan saylovlar shu yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirgan.
Reyting: •
+-
Добавил: admin
Дата добавления: 12.02.2020 / 22:31
Fikrlar (0)
yangiliklar