UzReaL.TK
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 09:23 | 29.02.2020
REKLAMA

“Liverpul” “Real” qiziqayotgan futbolchi uchun kurashga qo'shildi

Angliyaning “Liverpul” klubi Italiyaning “Inter” klubi yarim himoyachisi Martselo Brozovich uchun kurashga qo'shildi.

“Djuzeppe Meatstsa”da bo'lib o'tgan “Milan derbisi”ni tomosha qilish va Martselo Brozovichni kuzatish uchun “Liverpul” vakillari tashrif buyurdi deya xabar bermoqda FCInterNews.

Xorvatiyalik futbolchining “Inter” klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan, biroq, unga Italiyadan tashqi biror chempionatdan taklif bo'ladigan bo'lsa, u holda futbolchi 60 million evro evaziga klubni tark etishi mumkinligi haqida band bor.

Eslatib o'tamiz, Brozovichga Madridning “Real” klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Reyting: •
+-
Добавил: cris
Дата добавления: 13.02.2020 / 11:59
Fikrlar (0)
yangiliklar