UzReaL.TK
Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 09:54 | 29.02.2020
REKLAMA

Martin Edegor sermahsullik namoyish etmoqda

“Real Sosedad” Ispaniya Kubogi yarim finali ilk uchrashuvida “Mirandes”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

San-Sebastyanliklarning ikkinchi goliga Martin Edegor mualliflik qildi. 21 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida so'nggi 6 ta o'yinda gol+pas tizimida 7 (3 ta gol, 4 ta golli uzatma) ochko ishlashga erishdi. Qayd etish joiz, Edegor 1/4 finalda Madridning “Real”iga ham gol urgandi. Martinning transferi huquqi esa Madrid klubiga tegishli.

Futbolchi joriy mavsum “Sosedad” safida 24 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Reyting: •
+-
Добавил: admin
Дата добавления: 14.02.2020 / 10:26
Fikrlar (0)
yangiliklar